“Mahalla” xayriya jamoat fonli Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Soqijon Karimov ishtirokida Nurota tumanidagi “Nur faxr” mahallasida mahalla ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda S.Karimov yurtimizda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, aholi turmush farovonligini yanada oshirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tizimi va ular tomonidan bildirilayotgan muammo va takliflarni hal etish chora-tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari S.Karimov tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, tumandagi “Nurfaxr” mahalla fuqarolar yig‘iniga mebellar jamlanmasi sertifikati topshirildi.
Navoiy shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari tomonidan Navoiy shahridagi “Orzu” va “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmalari, “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini G‘alaba shoh ko‘chasi, 79-uy 2-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogironi Rima Bagirova, “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Janubiy ko‘chasi, 6-uy 23-xonadonda yashovchi 1-guruh nogironlari Tuymurod Boboqulov va Feruza Boboqulovalarga oziq-ovqat jamlanmasi hamda moddiy yordam sifatida pul mablag‘i topshirildi.
Shuningdek, Navoiy shahridagi Hayot” va “Zarafshon”, G‘ozg‘on shahridagi “Shayxon”, Karmana tumanidagi “Arabxona” va “Xonarbog‘”, Konimex tumanidagi “Navro‘z”, Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi”, “Buyuk ipak yo‘li”, Navbahor tumanidagi “Navbahor”, “Yangihayot”, Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy”, “Paxtakor”, “Yangirabot” mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter va mebel jamlanmalari bilan ta’minlash bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA