Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida
18:41 / 2016-03-05

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10 va 11-moddalariga muvofiq, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari va ular maslahatchilarining vakolat muddati 2016-yil may-iyunda tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi

QAROR QILADI:

1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi saylovini o‘tkazish muddati 2016-yilning may-iyun oylari etib belgilansin.

2. Bo‘lajak saylovda 9764 nafar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning 99 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. 2016-yil may-iyun oylarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi bo‘yicha saylov byulleteni namunasi 3-ilovaga muvofiq;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) maslahatchilarining saylovi bo‘yicha saylov byulleteni namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2016-yilning 20-martigacha bo‘lgan muddatda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni tuzish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shahar hokimliklariga fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish, zarurat bo‘lganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga o‘z saylov okruglarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni tashkil etishda faol ishtirok etish;

ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirsin hamda 2016-yil 20-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida axborot bersin.


O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev

Toshkent shahri, 2016-yil 5-mart