Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar nomiga mikroqarz rasmiylashtirib o‘zlashtirgan jamiyat rahbari va bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 2021-03-14

Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha zarbdor oylik doirasida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish natijasida bir jinoyat ishi ochiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “K.S.” MCHJ rahbari fuqaro R. M. va “Xalq banki” Kogon filiali mutaxassisi fuqaro Sh.A. oldindan jinoiy til biriktirishadi. Natijada 4 nafar fuqaroga ajratilgan jami 43 mln so‘m kreditni jamiyat hisob raqamiga o‘tkazishadi. Shuningdek, 9 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabarisiz 172 mln so‘m mikroqarz rasmiylashtiriladi. Ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar R.M. va Sh.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA