Fuqarolar murojaatlari, muammolari tinglanib, aniq yechimlar belgilandi
So‘ngi yillarda aholi murojaatini tinglash va unga tizimli ravishda yechim berish yo‘lida ulkan amaliy islohotlar o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xalq qabulxonalari tashkil etilishi bilan birga, har bir rahbarning fuqarolarni tinglash va ularni rozi qilishiga jiddiy ahamiyat qaratildi.
Ana shunday islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Yakkasaroy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi rahbarlar fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Qabul jarayonida xotin-qizlarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar yuzasidan aniq va manzilli qarorlar qabul qilindi. Xususan, ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha qonun doirasida amaliy choralar belgilandi.

Qayd etish lozimki, bunday qabullar aholini qiynayotgan dolzarb masalalarning o‘z vaqtida yechilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa xalq farovonligi va osoyishtaligini ta’minlovchi eng muhim omil hisoblanadi.
Sherbek Islomov, O‘zA