Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratda
13:19 / 2025-10-23

Shu kunlarda Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi va Bo‘stonliq tumani hokimligi mas’ullari tomonidan joylarda o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

O‘rganishda aniqlanishicha, tumanda yashovchi fuqaro, sobiq non zavodi ishchisi Zakira Karatayeva  uzoq yillardan buyon ijarada yurib, o‘zining qonuniy egalik qiladigan uy-joyiga ega bo‘lmagan. Bunga asosiy sabab, bu fuqaro egaligidagi xonadon muqaddam davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib tashlangan. Natijada o‘zining uyi o‘rniga boshqa uy-joy berilmagan. 

2025 yilning 22 oktyabr kuni, qariyb oradan 40 yil o‘tib “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan fuqaro Z.Karatayevaga Bo‘stonliq tumani hokimining qarori bilan hozirda o‘zi ijarada yashab turgan xonadon xususiylashtirib berildi. Endilikda Karatayeva ushbu xonadonga hech bir moneliksiz egalik qiladi. 

Ushbu holat Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi ta’minlangani, “Inson qadri uchun” degan tamoyilning ahamiyati yanada yuqori ekanining yorqin misolidir. Mas’ullar bilan suhbatda fuqaro bu xayrli ishdan xursand ekanini bildirdi va barchaga minnatdorlik bildirdi. 

A. Musayev, O‘zA