Fuqarolar koronavirusga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlar oʻz vaqtida qabul qilingan deb hisoblaydi
Soʻrovda respublika barcha hududlari aholisi, erkaklar va xotin-qizlar, yoshlar, katta avlod vakillari ishtirok etdi.
Ijtimoiy soʻrov
Soʻrovda respublika barcha hududlari aholisi, erkaklar va xotin-qizlar, yoshlar, katta avlod vakillari ishtirok etdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha zarur mexanizmlar ishga solindi, oʻzini izolyatsiyalash rejimi joriy qilindi. Odam hayoti va sogʻligʻini asrash, shuningdek, fuqarolarning farovonligini taʼminlash eng muhim vazifalar qatoriga kiritildi.
Telefon soʻrovi natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda mamlakat Prezidenti shaxsi atrofida jamoatchilik fikrining jipslashuvi kuzatilmoqda. Bu davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, maqbul sanitar-epidemiologik vaziyat va aholi sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash, iqtisodiyotga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy qilingan chora-tadbirlar samarasidir. Shuningdek, dunyoning koʻpgina davlatlaridan farqli oʻlaroq, mamlakatimizda koʻplab kishilarning koronavirus infeksiyasiga chalinishi va pandemiya qurboni boʻlishining oldi olindi.
Oʻtkazilgan telefon soʻrovi davlat rahbariga ishonch reytingini aniqladi. Telefon soʻrovi natijalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonliklarning yuksak hurmati va ishonchiga sazovordir. Aholining mutlaq koʻpchiligi – 91,9 foizi davlatimiz rahbari tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizni murakkab vaziyatdan eng kam insoniy talafotlar va iqtisodiyotga kam zarar bilan olib chiqishiga yordam berishiga qatʼiy ishonishini bildirdi.
Telefon soʻrovi natijalarining koʻrsatishicha, koʻpchilik oʻzini izolyatsiyalash sharoitida mamlakatimizda fuqarolarga yordam berish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni ijobiy baholaydi. Fuqarolarning 94 foizi ushbu choralarni yetarli va oʻz vaqtida koʻrilgan, deb hisoblaydi.
Soʻrov shuni koʻrsatdiki, ushbu murakkab davrda Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarining eng yaxshi fazilatlarini, matonati va intizomlilik darajasini, nekbinlik kayfiyati va marhamatini, yuksak ijtimoiy masʼuliyatini namoyish qildi. Mamlakat aholisi, vahimaga berilmayotgani, oʻz yaqinlari, qarindoshlari, oilaning keksa aʼzolari haqida gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatayotganini hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda barcha kuch va imkoniyatlarni birlashtirib, birgalikda har qanday sinovlarni yengib oʻtishiga ishonishini koʻrsatdi.
Telefon soʻrovi oʻzbekistonliklar koronavirus infeksiyasi pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqishni qanday uddalashayotgani, karantin va oʻzini izolyatsiyalash tartibining joriy etilgani oilalardagi oʻzaro munosabatlarga qanday taʼsir koʻrsatayotganini aniqlab berdi. Oiladagi psixologik muhit, oila aʼzolarining bir-birlariga boʻlgan munosabatlari toʻgʻrisidagi savolga fuqarolarning koʻpchiligi (88,1 foizi) oʻzaro munosabatlar “yaxshi va xayrixohlikda, xushmuomalalik va gʻamxoʻrlikda, izzat-hurmatda”, deb javob berdi. Soʻrov ishtirokchilarining fikricha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyat barcha oila aʼzolarini yana-da jipslashtirdi. Ular ertangi kunga ishonchini yoʻqotmay, matonat, sabr-toqat va hamjihatlikni namoyon etmoqdalar.
Respondentlar telefon orqali oʻtkazilgan intervyular davomida “eng qadrli narsa – bu yaqinlari va qarindoshlarining salomatligi, ularni koronavirus xavfidan himoya qilish, bir-biriga maʼnaviy koʻmak berish va oila aʼzolari oʻrtasida totuvlikni saqlash“ ekanligini alohida taʼkidlashdi.
Telefon soʻrovining aniqlashicha, mamlakat fuqarolarining aksariyati – 82,8 foizi oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish sharoitida barqaror, vazmin kayfiyatda, vahimaga berilmayapti, nekbin kayfiyatni va koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan barcha qiyinchilik hamda sinovlar yaqin vaqt ichida muvaffaqiyatli bartaraf etilishiga ishonchni saqlab turibdi.
88,5 foiz fuqarolarning fikriga koʻra, ular yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishi toʻxtatilishiga muvaffaq boʻlishiga qatʼiy ishonadi. Ularning fikricha, mamlakat rahbariyati tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasining avj olishini nazoratga olishga, kasallanganlar sonining koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka, COVID-19ga chalingan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻlindi.
Umuman olganda, telefon soʻrovi natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻzbekistonliklar karantin tadbirlari va oʻzini izolyatsiyalash tartibining joriy etilishi, oʻzlari va oila aʼzolarining salomatligini muhofaza qilishga bevosita yordam berishini, infeksiyani yuqtirish xavfi va koronavirus bilan yangi kasallanishlar sonini kamaytirishini anglaydi. Fuqarolar mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish, maqbul sanitar-epidemiologik vaziyatni taʼminlash va aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan hukumat qarorlari toʻgʻri va oʻz vaqtida qabul qilinayotganligiga ishonadi.
Umuman olganda, telefon soʻrovi natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻzbekistonliklar karantin tadbirlari va oʻzini izolyatsiyalash tartibining joriy etilishi, oʻzlari va oila aʼzolarining salomatligini muhofaza qilishga bevosita yordam berishini, infeksiyani yuqtirish xavfi va koronavirus bilan yangi kasallanishlar sonini kamaytirishini anglaydi. Fuqarolar mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish, maqbul sanitar-epidemiologik vaziyatni taʼminlash va aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan hukumat qarorlari toʻgʻri va oʻz vaqtida qabul qilinayotganligiga ishonadi.
“Ijtimoiy fikr” markazi
materiallari asosida
OʻzA muxbiri M.ANISIMOVA