Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda ularga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladimi?
15:12 / 2025-10-31

Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirish ham doimiy e’tiborda. 

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan “Kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun yuqoridagi ishlarning  mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan.

Konstitutsiyaning 55-moddasida har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekani belgilangan.

Lekin, kam ta’minlangan shaxslar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda ularga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish amaldagi qonunda o‘z aksini topmagan.

Qonun to‘liq yoki qisman davlat hisobidan ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirishni nazarda tutadi. 

Jumladan, Konstitutsiyaviy sud shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi. Kam ta’minlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etsa, ular davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Senatorlar ma’qullagan qonun Konstitutsiyaning 55-moddasida belgilangan – har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli degan normaning ijro qilinishiga xizmat qiladi. Fuqarolarning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatining kengayishiga zamin yaratadi.  

N.Abduraimova,

A.Mamadaminov (surat), O‘zA