Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar foydasiga kompensatsiya to‘lovlari undirildi
15:35 / 2025-04-21

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan fuqarolar manfaatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida hududiy bo‘limlar ish yurituviga jami 2 trillion 13 milliard so‘mlik 167 816 ta ijro hujjatlari kelib tushgan. Hozirga qadar olib borilgan ijro harakatlari natijasida 45 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlanib, 635 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.

Shuningdek, fuqarolar foydasiga hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan bog‘liq jami 36 ta hujjat ijroga qaratilib, 973 million so‘m mablag‘ undirib berilgan.

Hozirda fuqarolar foydasiga 16 ming 722 ta 99,8 milliard so‘mlik hamda yuridik shaxslar foydasiga 33 ming 80 ta 1 trillion 29 milliard so‘mlik ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri