Joriy yilning birinchi yarmida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Anjumanda boshqarma rahbari Ayubxon Alimov tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berildi.
Byuro tomonidan yilning birinchi yarmida katta hajmda ijro ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, fuqarolar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat manfaati yo‘lida katta miqdordagi mablag‘lar undirib berilgan. Jumladan, fuqarolar foydasiga 52 milliard so‘mdan ortiq, davlat va xo‘jalik sub’ektlari foydasiga esa bir necha yuz milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar qaytarilgan.
[gallery-24357]
Soliq qarzlari, aliment, jarimalar, ish haqi, bank to‘lovlari, kommunal xizmatlar hamda boshqa turdagi ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashda belgilangan vazifalar amalga oshirilgan.
Aliment masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mutasaddilar tomonidan aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash, oilalarni yarashtirish kabi choralar ko‘rilgan. Bu borada aniq ijobiy natijalar qayd etilgan.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilgan.
Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari MIB faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari