Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar bandligiga ko‘maklashildi
15:14 / 2023-04-11

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettiryapti. Ishchi guruh tarkibiga 30 ta vazirlik va idoralar, shahar, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar vakillari jalb etildi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 3 ming 852 nafar fuqarolar bandiligiga ko‘maklashildi. Tijorat banklari tomonidan 27 ming 396 nafar aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 1 314,5 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi. 45 ming 757 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 1 ming 956 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 247 nafariga respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 56 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyot o‘tkazildi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida 101 km. tarmoq tortilib, 21 transformator, 60 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 5 km. tarmoq tortish uchun transheya qazildi. Shahar bo‘yicha 32 km. eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

«O‘zmilliybank» AJ tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun jami 760 million so‘m homiylik mablag‘i ajratildi. Toshkent shahri Sergeli tumani hokimligi tomonidan tadbir boshidan 296 nafar fuqaroga 208,9 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Yangihayot tumanida 17 nafar fuqaroga davolanishi uchun 109 million so‘m, 4 nafar fuqaroning operatsiyasi uchun 14 million so‘m yordam ko‘rsatildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi homiylik mablag‘lari hisobidan Yangihayot tumanidagi nogironligi mavjud 30 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari yetkazildi.  

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom ettiriladi.  

O‘zA