Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroga kuniga 30 litr sut beradigan naslli sigir berildi
09:25 / 2020-07-06

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Azizabot” MFY, Barishom qishlogʻi 272-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Bobur Ochilov murojaat qilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Azizabot” MFY, Barishom qishlogʻi 272-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Bobur Ochilov murojaat qilgan.

Fuqaro 2020-yil may oyida Qiziltepa tuman “Yangi asr” f/x.dan tadbirkorlik qilish maqsadida bank krediti asosida 25 000 000 soʻmga naslli sigir olgan, ammo sigir kuniga 7-8 litrdan ortiq sut bermagan, naslli sigirni almashtirish maqsadida “Yangi asr” f/x.ga borib murojaat qilganida sigirni boshqasiga almashtirib bermagan, fuqaro ushbu masalani hal etishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Isteʼmolchi murojaatiga asosan Qiziltepa tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari oʻrganish ishlari olib bordi hamda Qiziltepa “Yangi asr” f/x tomonidan isteʼmolchi B.Ochilovga kuniga 30 litr sut beradigan naslli sigirga almashtirib berildi.