Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroga 22 milliondan ortiq mablag‘ undirib berildi
11:54 / 2022-09-22

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan davlat dasturlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, g‘oyalar va tashabbuslar xalqimiz hayotini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Xususan, har bir fuqaro murojaati davlat idoralari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, atroflicha ko‘mak berilmoqda.

Xususan, Chortoq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Iftixor” MFY da  yashovchi fuqaro T.D «FUJOZE TEKS» MCHJdan norozi bo‘lib yozma murojaat qoldirgan.

Murojaatga ko‘ra, iste’molchi T.Dga «FUJOZE TEKS» MCHJ bilan 2022 yil 11 aprel kungi tuzilgan shartnomaga asosan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida zotli tovuqlar xaridi uchun kredit ajratish tartibiga binoan 25 million so‘m ajratilgan. Ammo, fuqaroga shartnomada ko‘rsatilgan 30 dona zotli tovuq o‘rniga 10 dona zotli tovuq berishgan. Biroq olingan tovuqlarning barchasi nobut bo‘lgan.  

Iste’molchi  «FUJOZE TEKS» MCHJ tomonidan parandalar berilgandan so‘ng amaliy yordam ko‘rsatilmaganligi hamda tavsiyalar berilmaganligidan norozi bo‘ldi. U tovuqlar kasalligi sababli qisqa vaqtda nobut bo‘lganligi, endilikda u olgan kreditidan ham samara va foyda ko‘rmaganini aytib, unga ko‘mak berishlarini so‘ragan.  

Ushbu murojaat Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudi tomonidan o‘rganilib chiqildi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasiga asosan «FUJOZE TEKS» MCHJ dan fuqaro T.D foydasiga 22 million 600 ming so‘m undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA