Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro: Xorijiy valyutani “Agrobank”ning tuman filialida tashkil etilgan ayirboshlash shoxobchasida bir pasda so‘mga almashtirdim
16:38 / 2017-09-06

Mamlakatimizda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu hujjatga muvofiq, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yurtimizda eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘ini xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqi ro‘yobga chiqariladigan bo‘ldi.

– Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida hududda qirqta valyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil etildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.Soburov. – Tijorat banklarining har bir tumandagi filiallari faoliyati o‘rganilib, shoxobchalar joylashtirildi. Bu yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasini erkin sotib olish, sotish hamda o‘z mablag‘ini xohishiga ko‘ra ishlatish imkonini bermoqda.

Ushbu hujjat ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Endi jismoniy shaxslar ham tijorat banklari orqali chet el valyutasini erkin sotib olishi, sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.

– O‘g‘lim yuborgan xorijiy valyutani “Agrobank”ning Ellikqal’a tumani filialida tashkil etilgan ayirboshlash shoxobchasida bir pasda so‘mga almashtirib oldim, – deydi N.Sotimova. – Bunday qulaylikdan xursandmiz.

Xalq iste’moli tovarlarini import qilish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bankdagi hisobvaraqlarida savdo tushumi va boshqa daromadlarini jamg‘arib borgan holda, keyinchalik uni jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, ya’ni sotib olingan valyuta mablag‘ini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali xorijdan tovarlar import qilish uchun ishlatishi mumkin.

– Bunday imkoniyat bozorlarimizning yanada to‘kin bo‘lishiga xizmat qilishi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ham katta turtki beradi, – deydi yosh tadbirkor K.Niyozimbetov. – Mebel ishlab chiqarishda xorijdan keltiriladigan ayrim mahsulotlarni xarid qilish uchun juda katta imkoniyatlar yaratildi. Mablag‘imizni konvertatsiya qilishdagi qog‘ozbozliklarning barham topganidan xursandmiz.