Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro sud zalida qamoqdan ozod qilindi
14:03 / 2022-12-02

Korrupsiyaga qarshi keskin chora-tadbirlar qanchalik kuchaytirilmasin, firibgarlik yo‘lini kasb qilganlar safi kengayib bormoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Koson tumani sudining 2022 yil 13 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra Qosimov Normurod Jumaqulovichga JKning tegishli moddalari bilan  3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalida qamoqqa olingan.  

Normurod Qosimov Koson tumani “Oqtepa” MFYda yashovchi S.Abdijalilovaning ishsizligidan xabar topib, unga o‘zini Koson tumani XTBga qarashli 66-sonli maktabda kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlashini, Koson tumani XTBga qarashli 66-sonli maktabda laborant lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. 500 AQSH dollari va 450 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.  

Mazkur sud ishi shikoyatga asosan kuni kecha viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi.  Sud yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligi, N.Qosimov aybiga iqror va pushaymonligi, 60 yoshdan oshganligi, oilaviy ahvoli, 1 nafar farzandi 1-guruh nogironi ekanligi, yashash joyidan ijobiy tavsifnoma berilgani, Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati D.Mavlonov tomonidan kafillik xati berilganligini inobatga olinib, unga tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari, 10 million 500 ming so‘m jarima jazosiga almashtirdi. N Qosimov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.  

Yana bir gap. Bugun firibgarlarning tegirmoniga suv quyishda o‘zimiz ham aybdormiz. Biror ishimiz qonuniy bitmasa, noqonuniy tomonini izlashga tushamiz va uni “bitirib” beruvchi “qahramonlar” hamisha topiladi. Ish silliq ko‘chsa masala yo‘q, ammo teskarisi bo‘lsa, o‘zimizdan jabrdiyda yasab, sudlarga chopamiz.  

Korrupsiyaga qarshi kurashishni eng avvalo o‘zimizdan, qalbimizdan boshlashimiz kerak.  

 

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.