Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro murojaati asosida pora talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
00:24 / 2025-10-23

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 raqamli «sall-markazi»ga Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «B.Y» fermer xo‘jaligi rahbari B.Q. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Agentlik axborot xizmatidan xabar berishlaricha, murojaat asosida o‘rganish o‘tkazilgan.  

Fermer xo‘jaligi tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bilan qiymati 261 million so‘mlik mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. 

O‘zini boshqarma bosh hisobchisi deb tanishtirgan fuqaro T.X. shartnoma summasini xo‘jalik hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga B.Q.dan 10 foiz, ya’ni 26 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Mazkur murojaat asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosh hisobchisi fermer xo‘jaligi rahbaridan ushbu miqdordagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.  

Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

                                                         N.Abduraimova, O‘zA