Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro muhofazasi instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
17:10 / 2025-09-25

So‘nggi yillarda FVV tomonidan ko‘plab qo‘shni va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, faoliyatda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari kengaymoqda.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonga aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash borasida institutda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy o‘quv bazasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida yaratilgan shart-sharoitlar mehmonda katta taassurot qoldirdi. Markaz fuqarolarni va mutaxassislarni real favqulodda vaziyatlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA