French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro muammosi mediativ kelishuvga asosan bartaraf etildi
11:25 / 2023-05-16

Samarqand shahar O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Ashirovning murojaatida bayon qilinishicha u bilan "SAMARKAND IDEAL BRICK" MCHJ o‘rtasida 2018 yil 20 aprelda tuzilgan shartnomaga asosan, Ibn Xoldun ko‘chasi 3- va 5-manzillardagi ko‘p qavatli turar joy qurilishining jami 1344 kv. metr yerto‘lasi 2022 yilning dekabr oyida unga topshirilishi va egalik huquqi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, shartnoma majburiyatlariga ko‘ra fuqaro S.Ashurov tomonidan MCHJ hisob raqamiga jami 3 milliard 360 million so‘m mablag‘ to‘lanishi kerakligi belgilangan. Belgilangan muddatda fuqaro tomonidan barcha to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan bo‘lsada, shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan 4 oy o‘tib ham MCHJ tomonidan mazkur qurilish binolarining yerto‘lasi noma’lum sabablarga ko‘ra fuqaro Ashirovga topshirilmagan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi asosida murojaatchi Ashirov manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo arizasi kiritildi.  

"Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonun asosida 4 taraflama mediativ kelishuv imzolandi. Shu asosida MCHJ ning rasmiy iltimosnomasi hamda fuqaro Ashirovning roziligi to‘g‘risidagi arizasi sudga kiritildi va sud ishi qonunda belgilangan tartibda to‘xtatildi.  

Tomonlarning mediativ kelishuviga asosan MCHJ tomonidan fuqaro S.Ashirovga Samarqand shahar Ibn Xoldun ko‘chasi 3- va 5- manzillardagi ko‘p qavatli turar joy qurilishining jami 1344 kv. metr yerto‘lasini topshirish va egalik huquqi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishining oxirgi muddati 2023 yilning dekabr oyi etib belgilandi.  

 

M.Qosimova,  

O‘zA