French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro foydasiga 56,2 mln. so‘m undirib berildi
10:10 / 2020-12-28

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining hal quluv qaroriga ko‘ra qarzdor «Olimjon Ahad hamkor» xususiy korxonasi va A.Eshbekovdan G.Abdullayeva foydasiga 56 million 200 ming so‘mni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi MIBning Mirzaobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan ijro ishi ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan, biroq ushbu qarz summalari o‘z vaqtida to‘lanmagan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan G.Abdullayeva foydasiga 56 million 200 ming so‘m to‘liq undirib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 41-moddasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.