Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro avtomashinani ham, to‘lagan pulini ham ololmay sarson bo‘lgach...
19:28 / 2022-06-07

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarning eng ko‘pi avtomashina xarididagi muammolar bilan bog‘liq.

Kimdir xorijda musofirlik zahmatini yutib, kimdir o‘z yurtida peshona teri bilan mehnat qilib, yillar davomida shaxsiy uloviga ega bo‘lish uchun pul yig‘adi. Har ne ehtiyojidan tejab to‘plagan mablag‘ini avtomashina xaridi uchun to‘lagach, qilgan orzulari sarobga aylansa... Bundan yomoni yo‘q albatta.

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi Mardonqul Mavlonov ham Sergeli tumanida joylashgan “Roodell” MCHJ bilan avtomobil uchun ikki tomonlama shartnoma tuzgan. Hatto, 339 900 000 ming so‘m pul mablag‘ini ham to‘lagan. Ammo, shartnomada ko‘rsatilgan vaqt kelib, o‘tib ketsa hamki, unga avtomashina yetkazib berilmagan.

Fuqaro avtomashinani ham, to‘lagan pulini ham ololmay sarson bo‘lgach, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qiladigan tashkilot – federatsiya «ishonch telefoniga» murojaat qildi.

M.Mavlonov bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilib, federatsiya xodimlari tomonidan MCHJ mutasaddilariga qonuniy tushuntirish berildi.

Shundan so‘ng fuqaro to‘lagan pul olib berilgan. M.Mavlonov federatsiyadan minnatdor, ammo uning yo‘qotgan vaqti, buzilgan asablari javobini kim beradi?!

Gulnoza Sharafova, jurnalist