Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fung Vong to‘foni qurbonlari 27 kishiga yetdi
18:56 / 2025-11-12

Filippinda sodir bo‘lgan Fung Vong to‘foni ta’sirida sodir bo‘lgan toshqin va ko‘chkilar qurbonlari soni 27 nafarga yetdi.

"Inquirer News" tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashiga tayanib xabar berishicha, 36 kishi jarohatlangan, 2 fuqaroning taqdiri hali noma’lum.

Qayd etilishicha, ushbu tabiiy ofat mamlakatning 15 hududida 2,4 milliondan ko‘p aholiga zarar yetkazgan. Avvalroq “Kalmaegi” to‘foni 232 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi. Filippin Prezidenti kichik Ferdinand Markos 6 noyabr kuni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish idorasi rasmiylari bilan uchrashgach, holatni o‘nglash maqsadida “milliy ofat deklaratsiyasi”ni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yil noyabr oyida Janubi-sharqiy Osiyoning mazkur davlatiga “Xayyan” to‘foni yopirilib, 7300 dan ziyod insonning yostig‘ini quritgan edi.

G.Sattorova, O‘zA