Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FRMF Fransiya-Marokash uchrashuvidan norozi
12:21 / 2022-12-17

Marokash qirolligi futbol federatsiyasi (FRMF) Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA)ga Qatarda o‘tgan jahon chempionatining Fransiya va Marokash ishtirokidagi yarim final o‘yinini boshqargan hakamlar guruhi ishidan norozi bo‘lib shikoyat xati yo‘lladi.

Xabarda aytilishicha, mazkur uchrashuvni boshqargan hakamlar guruhi Marokash terma jamoasini ikki bor penaltidan mahrum qilgan. Aynan hakamlar xatosi tufayli marokashliklar g‘alabadan mosuvo qilindi.  

Ushbu jarima zarbalari bilan bog‘liq vaziyatlarni tekshirishda VAR tizimidan foydalanilmagani shubhali, deyiladi FRMF murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, fransuzlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bu o‘yinni meksikalik Arturo Ramos Palasuelos boshchiligidagi mutaxassislar boshqarib bordi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA