English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fridrix Ebert fondining Oʻzbekistondagi faoliyati nimalarga yoʻnaltirilgan?
16:56 / 2020-01-24

Oʻzbekistonda 20 yildan buyon Fridrix Ebert fondi faoliyat yuritib kelmoqda.


Oʻzbekistonda 20 yildan buyon Fridrix Ebert fondi faoliyat yuritib kelmoqda. Xoʻsh, ushbu fondning maqsadlari nimaga yoʻnaltirilgan?

Soʻnggi ikki yilda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan fond oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlandi.

2017-yil fond bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga binoan tomonlar doimiy ravishda qoʻshma tadbirlar oʻtkazib kelmoqda. Bundan koʻrinadiki fondning Oʻzbekiston bilan hamkorligi mamlakat siyosiy-iqtisodiy taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Xususan, 2018-yil Yevropa Ittifoqi va Germaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ikki marta davra suhbati uyushtirildi.

2019-yil fond koʻmagi ostida Oʻzbekiston delegatsiyasining GFRga tashrifi doirasida Germaniya siyosiy doiralari vakillari bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi.

Ana shunday hamkorlik munosabatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Fridrix Ebert fondining Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi hududiy vakolatxonasi rahbari Kristof Mor bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut bilan fond oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar, jumladan 2020-yilda oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasidagi qoʻshma faoliyat doirasida davra suhbatlari hamda konferensiyalar tashkil etish, mazkur anjumanlarda Germaniya siyosiy doiralarining yuqori mansabli vakillari ishtiroki ham rejalashtirildi.