Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuz tili o‘rgatilmoqda
17:44 / 2026-01-24

O‘sib kelayotgan yosh avlodga xorijiy tillarni o‘rgatishda bog‘cha yoshidan e’tibor qaratish o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

Shu ma’noda, Namangan viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kokoro Lingua” innovatsion fransuz tilini o‘rganish platformasidan samarali foydalanishga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar uyushtirildi.

Mazkur anjumanda loyiha koordinatori Isalline Chau, shuningdek, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan 200 nafardan ziyod maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolalarni chet tillariga tabiiy, qiziqarli va yosh xususiyatlariga mos metodlar asosida o‘rgatish imkoniyatlari atroflicha yoritildi. Xususan, interaktiv videodarslar orqali  kelajagimiz egalarida til ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘yin asosida o‘rganish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Seminarning amaliy qismi Namangan shahridagi 17-sonli bolalar bog‘chasi bazasida davom ettirilib, unda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Platformaning amaliy samaradorligi ko‘rsatib berildi.

Ta’kidlash joiz, Namangan viloyatidagi 24 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kokoro Lingua” dasturiga joylashtirilgan 10 ta videodars asosida o‘g‘il-qizlarga bir yil davomida fransuz tilini bepul o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘ygan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.