Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuz ijodkorlaridan mahorat darsi
14:06 / 2025-11-21

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialiga Fransiyaning Versal konservatoriyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Fransiya madaniyati oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda Versal konservatoriyasining "Triyelen” triosi va filialning iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan damli cholg‘ular orkestri bilan hamkorlikda konsert dasturi tashkil etildi.  

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, fransuz kompozitorlarining boy musiqiy merosini namoyish etish va yosh ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat edi.

Konsert dasturi davomida jahonga mashhur bastakorlar Volfgang Amadey Motsart, Djuzeppe Verdi, Jorj Orik, Jak Iber ijodlaridan eng sara asarlar ijro etildi.

Hamkorlikda o‘tkazilgan jonli konsert dasturi tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. Chunki jahon mumtoz musiqasi namunalari hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Shuningdek, Triyelen triosi vakillari filialning  damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talaba-yoshlariga mahorat darslarini ham o‘tishdi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri