Fransuz fermerlari oyoqqa turdi
Qishloq xo‘jaligi sohasi bilan bog‘liq munozarali qonun loyihasi siyosiy qarama-qarshilik keltirib chiqarishi ortidan Fransiyada fermerlar miting o‘tkazmoqda. Bu haqda “Euronews” yozdi. Taklif etilayotgan hujjat loyihasida Yevropa Ittifoqi tarkibidagi qator mamlakatlarda atrof-muhit muhofazasiga oid qoidani yengillashtiradigan bir necha o‘zgarish ifodalangan.
Ushbu mamlakatda fermerlar narx ko‘tarilishi va turmush tarzi inqirozi yuzaga kelishiga qarshi kurashni davom ettirishyapti. Yuzlab fermerlar umidsizlikni bevosita bildirish uchun o‘z traktorlarida Milliy Assambleya darvozasi oldiga yig‘ildi. Ularning maqsadi o‘ta o‘ng qarashga ega deputat Loran Duplomb ilgari surgan bo‘linuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash ekani aytilmoqda. Mazkur tashabbus qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘pchilikni qiynab kelayotgan ma’muriy cheklovni yumshatishi kutilyapti. Namoyishchilar niyati amalga oshsa, chorvachilik inshootlari va suv havzalari uchun qurilish ruxsatnomasini olish osonlashadi, ayrim pestitsidlardan vaqtincha foydalanishga ruxsat beriladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA