Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuz boksi «Savat» bo‘yicha jahon kubogi va chempionati bo‘lib o‘tdi
23:48 / 2025-07-26

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrda qabul qilingan «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi doirasida, shuningdek, aholi o‘rtasida fransuz boksi - «Savat»ni ommalashtirish maqsadida poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida xalqaro turnir tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati va kubogi bahslarida yurtimiz vakillaridan tashqari Fransiya, Hindiston, Kanada, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Xorvatiya hamda Serbiya kabi 10 dan ortiq davlatdan sportchilar kuch va mahoratini namoyish etdilar.

[gallery-24490]

Sevinch Rajabboyeva, Muxlisa Siddiqova, Aynura Boboyeva, Jasmina Qayumxo‘jayeva, Mirjalol Xoljo‘rayev, Ixlos Abdug‘aniyev, Abdutolib Toshboyev, Javohir Ortiqboyev kabi hamyurtlarimiz jahon chempionati bahslarida mahorat ko‘rsatib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egalladi.

Jahon kubogi bahslari ham keskin va murosasiz o‘tgani bilan ahamiyatlidir. Dilshod Turg‘unov, Faxriddin Botirov, Avazbek Sobirov, Doniyor Qurbonov, Alaziz Sherqo‘ziyev, Hikmatilla Toshpo‘latov, Farhod Mahmudov kabi sportchilar o‘z vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA