Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya va savdo munosabatlariga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha aybdor deb topib, ikki yili shartli jazo sifatida nazarda tutilgan holda uni uch yilga ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha hukm chiqardi.
“Euronews” xabarida aniqlik kiritilishicha, Sarkozi jazoning bir yilini qamoqda o‘taydi.
Mazkur ish bo‘yicha qolgan ikki ayblanuvchi – sobiq advokat va sobiq sudya kasb sirlarini oshkor etganlikda aybdor deb topilib, tegishli jazoga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikolya Sarkozi 2007 yildan 2012 yilgacha Fransiya prezidenti bo‘lgandi.