"Ipak yo‘li" xalqaro turizm universitetiga Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Madaniyat va ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi va muzokaralar yakunlari bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan universitetlararo aloqalarni rivojlantirish, universitet kutubxonasida Fransiya elchixonasi burchagini ochish va uni fransuz kitoblari hamda o‘quv resurslari bilan to‘ldirish, turizm va mehmonxona sohalarida fransuz universitetlarining taqdimotlarini tashkil etish hamda tadqiqotchilar va talabalar uchun madaniy meros, muzeyshunoslik va arxitektura sohasida maxsus treninglar o‘tkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar va universitet o‘qituvchilari uchun turizm sohasida Fransiya hukumatining grantlarini olishga ko‘maklashish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA