Fransiyani NATO a’zoligidan chiqarishga doir tashabbus tanqid qilindi
Fransiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Kleman Bon fransuz muxolifati yetakchilarining mamlakatni NATO a’zoligidan chiqarishga doir talabini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bon bu haqda “CNews” kanali efirida fikr bildirdi.
“Ayrimlar vaziyatdan foydalanib, Fransiyaning NATOdan chiqishi kerakligini aytmoqda. Bu hozirgi paytda o‘ylanmay aytilgan gap”, dedi tashqi ishlar mahkamasining Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan munosabat uchun mas’ul vakili.
Mulozimning fikricha, Ukraina tanazzuli bilan bog‘liq ayni vaziyatda G‘arb davlatlari jipslashishi lozim.