Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyalik taniqli instruktor Xasin Xaddad Toshkentga keladi
21:00 / 2019-02-06

KARATE. Ayni damda karate sport turi jahonda oʻz oʻrnini yaxshilab, mustahkamlab bormoqda


Ayni damda karate sport turi jahonda oʻz oʻrnini yaxshilab, mustahkamlab bormoqda.

2020 yilgi Olimpiyada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgani esa buning isboti albatta. Shu boisdan koʻplab yoshlar, oʻsmirlar va bolakaylar kelajakda sogʻlom, baquvvat boʻlishlari uchun karate sport turi bilan shugʻullanishmoqda.

Shu munosabat bilan Milliy Olimpiya Qoʻmitasi va OʻKMF tomonidan karateni rivojlantirish, uni aholi orasida yanada ommalashtirish yoʻlida ish olib bormoqda. Quyidagi ajoyib ishlar esa bu yoʻldagi katta qadam boʻladi.

Yevropa va Jahon chempionlarini tarbiyalagan, shuningdek, oʻzi ham koʻplab yuksak sovrinlarni qoʻlga kiritgan, hozirda karate instruktori boʻlib ishlayotgan mashhur Xasin Xaddad OʻKMF rahbariyatining taklifiga koʻra Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Buni Oʻzbekiston va Fransiya davlatlari sport aloqalarining oʻzaro hamkorligi mevasi deb aytsak boʻladi. Xaddad yaqin kunlarda master-klass oʻtkazish, terma jamoa aʼzolari bilan ishlab, ularni Olimpiadaga tayyorlash yoʻllarini oʻrgatish uchun Toshkentga yetib keladi.

Faoliyati davomida katta yutuqlarga erishgan Xaddad oʻzbek karatesi dovrugʻini yanada oshirib, sportchilarning yutuqlarini sezilarli oshishida katta turtki boʻla oladi. Zero mashhur Xasin Xaddadning oldida barcha karatechilar oʻzlarini koʻrsatishga intilishadi.