Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyalik mutaxassis ishtirokida master-klass oʻtkazilmoqda
15:23 / 2019-02-07

Bugun sportning karate turi dunyoda tobora ommalashib bormoqda.


Bugun sportning karate turi dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Bu jarayonda ushbu sport turi 2020 yili Tokioda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgani ham muhim omil boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan ushbu sport turini yanada rivojlantirish va aholi orasida keng ommalashtirish yoʻlida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Sir emaski, yosh avlod orasida sportga qiziqishni oshirishda jahon yulduzlari bilan uchrashuvlar, ular ishtirokidagi master-klasslar katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi rahbariyatining taklifiga koʻra fransiyalik taniqli mutaxassis Xasin Xaddad yurtimizga keldi.

Arab millatiga mansub Xaddad Fransiyada tugʻilib oʻsgan. Sportchi sifatida koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan, murabbiylik faoliyatini boshlagach esa bir qator Yevropa va jahon chempionlarini voyaga yetkazgan malakali mutaxassis bugungi kunda Jahon karate federatsiyasida yoʻriqchi (instruktor) boʻlib ishlamoqda.

Faxriy mehmon kecha tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Rejaga koʻra u yurtimizda milliy terma jamoa aʼzolari hamda yosh, iqtidorli karatechilar uchun master-klasslar oʻtkazadi.

Xasin Xaddad bugunning oʻzidayoq yeng shimarib ishga kirishdi. U kunning birinchi yarmida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi sport markazida mamlakatimizning eng iqtidorli karatechilari ishtirokida mashgʻulotlarni boshlab yubordi.

Yaqinda Fransiyada oʻtkazilgan nufuzli turnirda janob Xaddad sportchilarimizning chiqishlarini oʻz koʻzi bilan koʻrib, ularning salohiyatiga yuqori baho berdi. Faqat ayrim texnik kamchiliklar sportchilarimizga imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishga toʻsqinlik qilayotganligini taʼkidlab, iloji boʻlsa oʻzbekistonlik sportchilar bilan ishlab, ularga oʻz bilim va tajribalarini oʻrgatishga tayyor ekanligini ham bildirdi. Muzokaralar natijasida fransiyalik taniqli mutaxassisni Oʻzbekistonga olib kelishga muvaffaq boʻldik. Umid qilamanki, Xasin Xaddad ishtirokida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yurtimiz sportchilarining mahoratlarini yanada oshishiga xizmat qiladi, - dedi Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti Alamjon Mullayev.
Mashgʻulotlar yakuniga yetgach fransiyalik mutaxassisga Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi prezidenti A.Mullayev hamda vitse-prezident K.Odilovlar tomonidan milliy toʻn va doʻppi taqdim etildi.

Rejaga muvofiq, bugun kunning ikkinchi yarmida janob Xaddad Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyuradi. Shu oʻrinda taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi oldiga 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etish vazifasi qoʻyilgan. Bu kabi saʼy-harakatlar esa ushbu ezgu maqsadni ruyobga chiqarishda muhim omil boʻlishiga shubha yoʻq.

Karate (1).jpg

Karate (3).jpg

Karate (4).jpg

Karate (6).jpg

Karate (8).jpg

Karate (9).jpg

Karate (11).jpg