Fransiyalik diplomat: “Vashington dunyoga sovuq urush davrini qaytarmoqchi”
“Rekonkista” siyosiy harakati yetakchisi, Fransiya prezidentiligiga nomzod Erik Zemmurning fikricha, Vashington dunyoga sovuq urush davrini qaytarmoqchi. “Shtatlar yevropaliklarni Xitoyga qarshi salib yurishiga undamoqchi, Xitoyni esa, ular asosiy raqobatchi deb biladi”, dedi siyosatchi Paris Match jurnaliga bergan intervyusida.
Zemmurning aytishicha, bu yevropaliklar uchun be’manilik bo‘ladi. “Sharl de Goll aytganidek, AQSHga feodal bog‘liqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, dunyoni ikkiga bo‘lish – amerikacha tashviqotning maqsadidir”, dedi Zemmur va Yevropa o‘z manfaatini himoya qilib, muammoga mustaqil yechim topishi lozimligini ta’kidladi.