Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada pensiya yoshi 62 yoshdan 64 yoshga oshirildi
10:03 / 2023-03-13

Bu haqida "Anadolu" yozmoqda. Fransiya Senati pensiya islohoti loyihasini qo‘llab-quvvatladi, u boshqa narsalar qatori pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutadi. Avvalroq qonun loyihasi butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo‘lgan edi.

Loyiha uchun 195 kishi yoqlab, 112 kishi qarshi ovoz berdi. Ovoz berish natijalarini bosh vazir Elizabet Born ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.  

“Senat yuzlab soatlik munozaralardan so‘ng pensiya islohoti matnini qabul qildi. Pensiyalarimiz kelajagini ta’minlovchi islohotlar sari qat’iy qadam. Kelgusi bir necha kun ichida uni nihoyat qabul qilishga to‘liq tayyorman ”, deb yozdi u.  

Qonun loyihasi 2030 yilgacha pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirishni nazarda tutadi.  

 

O‘zA