Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada pensiya islohoti parlamentni chetlab o‘tib, qabul qilindi
08:56 / 2023-03-17

Fransiya hukumati 16 mart kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy assambleya tomonidan pensiya islohoti qonuni loyihasini ko‘rib chiqish rejalashtirilganiga qaramasdan hukumat bahsli qonun qabul qildi. “Frans-press” agentligi xabarida buning uchun konstitutsiyaning maxsus moddasiga murojaat qilindi, deyiladi.

Muxolifatning noroziliklari fonida Bosh vazir Elizabet Bron parlamentga qarata shunday degan: “Biz ko‘p soatlik bahs-munozaralar o‘tkazdik, pensiya tizimining kelajagini xavf ostiga qo‘ymaymiz. Bu islohot zarur. Men ijtimoiy modelga sodiqman. Konstitutsiyaning 49,3 moddasiga ko‘ra, hukumat ushbu qonun uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”.  

Qonun loyihasi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalardan biri – pensiya yoshini 62 dan 64 yoshgacha ko‘tarish bo‘lgan.

U 2030 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.  

Kasaba uyushmalari pensiya islohotini adolatsiz va asossiz darajada qattiq, deb hisoblagan va mazkur mavzu bo‘yicha referendum o‘tkazishga chaqirgan edi.  

Ilgari bu loyiha Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, biroq mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarni hisobga olib, Milliy assambleya deputatlari uni rad etgan edilar.

O‘zA