Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada “Parij-2024”ga tayyorgarlik muhokama qilindi
11:09 / 2022-08-31

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tizimidagi “Insidethegames.biz” sayti xabar berishicha, kecha 2024 yil Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishi tashkil etildi.

Tashkiliy qo‘mita rahbari Toni Estangening aytishicha, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga hozirlik borasida qator muammolar mavjud.

Umuman, XOQ vakillari qatnashgan yalpi majlisda ishtirokchilar dunyo bo‘ylab davom etayotgan geosiyosiy va iqtisodiy inqiroz “Parij-2024” tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etishdi.

So‘nggi oylarda butun Yevropada yuz berayotgan iqtisodiy beqarorlik tufayli oziq-ovqat va elektr energiyasi narxi keskin oshdi, Fransiyada o‘sish darajasi to‘rt foizni, inflyatsiya esa 6.1 foizni tashkil etmoqda. Bu 37 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Murakkab vaziyatga qaramasdan, anjumanga tayyorgarlikni ko‘ngildagidek olib borish maqsadida turli byurokratik to‘siqlarga e’tibor bermaslik, o‘yinlarni o‘tkazishga mas’ul kompaniyalar mablag‘ini tejash, ba’zi yo‘nalishlarda xarajatni qisqartirish orqali hozirgi holatdan bir qadam oldinda yurish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy qo‘mita kutilmagan noxush holatlarga tayyor turishi lozimligi aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil 26 iyul-11 avgust kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 28 avgust-8 sentyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA