Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada paratsetamolning onlayn savdosi vaqtincha taqiqlangan
16:45 / 2023-01-04

Fransiya hukumati dori yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli paratsetamolning onlayn savdosini yanvar oyi oxirigacha taqiqladi.

“Faqat paratsetamoldan tashkil topgan dori vositalarining onlayn savdosi 2023 yil 31-yanvarga qadar to‘xtatildi”, – deyiladi hukumat bayonotida.

Qayd etilishicha, Fransiyada paratsetamol asosidagi dori-darmonlarni yetkazib berish bilan bog‘liq keskin vaziyat olti oydan ortiq davom etmoqda. Bu bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalariga ham tegishli.

Avvalroq Financial Times nashri JSSTga tayanib, ba’zi AQSH va Yevropa farmatsevtlari gripp, respirator sinsitial virus va koronavirusning qishki to‘lqini tufayli talab ortishi sababli paratsetamol kabi oddiy og‘riq qoldiruvchi vositalar yetishmasligi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, dunyoda antibiotiklar, xususan, penitsillin va amoksitsillin yetishmovchiligi mavjud.

Koronavirus pandemiyasi davrida antibiotiklarga bo‘lgan talabning pasayishi va yetkazib berish zanjiridagi jiddiy tanglik dori ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur qildi, deydi sog‘liqni saqlash mutaxassislari. Biroq, ko‘plab mamlakatlar "ikki yil ichida birinchi marta cheklovlarsiz qish"ni boshdan kechirayotgani sababli, yetkazib berish cheklovlari va tartibga soluvchi talablar farmatsevtika kompaniyalariga ishlab chiqarish hajmini oshirishga to‘sqinlik qiladi.

G.Sattorova, O‘zA