Fransiyada neft tankeri hibsga olindi
Fransiya hukumati Rossiyaning “Soya floti”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgan “Grinch” neft tankeriga nisbatan ma’muriy hibs chorasini qo‘lladi. Bu haqda “Reuters” agentligi Marsel prokuraturasiga tayanib xabar bergan.
Tanker kapitani, 58 yoshli Hindiston fuqarosi avvalroq vaqtincha hibsga olingan, keyin ozod etilib, kemasiga qaytarilgan edi.
Ta’kidlanishicha, Komor orollari bayrog‘i ostida harakatlangan “Grinch” Murmanskdan yo‘lga chiqqan. Rasmiylar esa bu bayroq soxtaligini taxmin qilmoqda.
D.Hakimov, O‘zA