Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada musiqa festivali karantin qoidalari buzilishiga olib keldi
20:44 / 2021-06-23

Fransiyada har yili o‘tkaziladigan musiqa festivali bugun ham mamlakatda keng nishonlandi. Tadbirda o‘n minglab odam ishtirok etgan.

Euronews xabariga ko‘ra, ushbu tadbir koronavirusning oldini olishga qaratilgan sanitariya qoidalari buzilishiga sabab bo‘lgan. Millionlab musiqa ixlosmandlari ko‘chalarga chiqib, ommaviy tadbir uyushtirgan.

"Tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilingan bo‘lsa-da, jamoat joylarda mazkur qoida amal qilishi kerak", – deyiladi hukumat xabarida. Shuningdek, 10 dan ortiq odam to‘planib turishi taqiqlangan.

Yirik shaharlar, jumladan, Parij va Marselda politsiya odamlarni tarqatishga majbur bo‘lgan.