French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi
19:48 / 2020-03-23

Fransuz olimlari COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan CARC-COV-2 koronavirusiga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. “International Journal of Antimicrobial Agents”da nashriga tayanib Qalampir.uz sayti xabar tarqatdi.

Fransuz olimlari COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan CARC-COV-2 koronavirusiga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. “International Journal of Antimicrobial Agents”da nashriga tayanib Qalampir.uz sayti xabar tarqatdi.

Maʼlum qilinishicha, tatqiqotda infeksiyani antimalarial dorilar gidroksixloroxin va azitromitsinning kombinatsiyasi bilan davolash usuli sinovdan oʻtkazilgan. Bu moddalarning virusga qarshi samaradorligi toʻgʻrisida koʻplab shifokorlar, xususan, xitoyliklar xabar bergan edi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtkazilgan tadqiqotda koronavirusi yuqtirgan yoki virus alomatlari boʻlganlar ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining 16 nafari asosan antibiotiklar qabul qildi. Qolgan 14 kishi gidroksixloroxinni oʻn kun ichdi, bundan tashqari ulardan oltitasi qoʻshimcha ravishda azitromitsinni qabul qildi.

Mazkur davolanish natijasida beshinchi kun gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasini qabul qilgan bemorlar tuzalib ketdi (sinov CARC-COV-2 ni aniqlamadi). Shuningdek, toʻqqizinchi kuni nazorat guruhidagi bemorlardan biri davolandi, ular yettinchi kungacha azitromitsinni qabul qilmagan.

Tadqiqot mualliflari bu dastlabki natijalar ekanini, biroq umid borligini taʼkidlab oʻtgan.