English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada karantin cheklovlari yumshatilmoqda
19:53 / 2022-03-03

Fransiyada 14 martdan boshlab niqob taqish va vaksina ruxsatnomasi tartibi bekor qilinadi, deyiladi “TF 1” xabarida.

Fransuz bosh vaziri Jan Kasteksning aytishicha, Fransiyada tibbiy niqob taqish amaliyoti faqat jamoat tranportlaridigina saqlanib qoladi. Boshqa holatda bu majburiy bo‘lmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada vaksina ruxsatnomalari 1 yanvardan joriy qilingandi. Yaqinda respublika hukumati kasallikning avj pallasi ortda qolganini ma’lum qilgandi.