Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada ham yong‘in: besh kishi halok bo‘ldi
21:25 / 2025-11-30

Fransiya sharqidagi "Meurthe-et-Moselle" departamentidagi uch qavatli turar-joy binosida kechasi yuz bergan yong‘in besh kishini hayotdan olib ketdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari mas’ullarga tayanib yozishicha, yong‘in Nensi shahriga yaqin joylashgan Nyov-Mezon shahrida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga tezda o‘t o‘chirish guruhi yetib kelgan. Olovni o‘chirishda 70 nafarga yaqin qutqaruvchi ishtirok etgan. Ularning mahorati tufayli yong‘in o‘rab olinib, alanga qo‘shni binolarga tarqalishining oldi olingan. Fojia qurbonlari orasida 16 yoshli o‘smir ham bor. Hozircha ofat sababi aniqlanmagan. Tegishli idoralar surishtiruv ishlarini davom ettiryapti.

G.Sattorova, O‘zA