Fransiyada dispetcher uxlab qolgani sababli samolyot vaqtida qo‘nolmadi
“Franceinfo” radiosi ma’lumot berishicha, Fransiya poytaxti Parijdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi samolyoti Ayachcho shahri uzra qariyb yarim soat davomida aylanib uchishga majbur bo‘lgan. Hodisaga aviadispetcher uxlab qolib, aloqaga chiqmagani sabab bo‘lgan.
- Ayachchoga yaqinlashib kelayotgan samolyot dispetcherlik bo‘limi bilan bog‘lanolmay qoldi, chunki havo harakatini boshqaruvchi xodim uxlayotgan edi, deyilgan xabarda. - Uchoq xavfsiz qo‘ngunga qadar 30 daqiqacha aylana parvoz qilib turdi.
Yo‘lovchilardan biri samolyot sahnidagilar voqeani hazilga yo‘yishgan.
Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati holat yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, nazorat minorasida hodisa ro‘y bergan vaqt talabga ko‘ra ikki nazoratchi bo‘lgan. Ulardan biri tanaffusda edi. Uxlab qolgan dispetcher spirtli ichimlikka tekshiruvdan o‘tgan, natijasi esa salbiy chiqqan.
Radiostansiya qayd etishicha, hodisa oqibati sanksiya bilan tugashi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA