Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar uchun karantin joriy qilindi
20:39 / 2021-05-26

Fransiya hukumati Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar 14 kunlik majburiy qarantinga olinishini e’lon qildi. Bu haqda euronews xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hukumat Hindistonda tarqalgan virusning yangi turidan xavotirda ekanini bildirgan.

“Mazkur qarorning kuchga kirishi bilan bog‘liq tafsilotlar tez orada aniq bo‘ladi”, dedi Fransiya hukumati rasmiy vakili Gabriel Attal.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 16 mamlakat Fransiya hududiga kirgandan so‘ng, 14 kunlik karantinga olinayotgan edi. Endi Buyuk Britaniya fuqarolari uchun ham ushbu tartib kuchga kirdi.