Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada 18 yoshdan oshganlar 15 iyundan emlanadi
20:23 / 2021-04-30

Fransiyada 15 iyundan boshlab 18 yoshdan oshgan fuqarolarni COVID-19 ga qarshi emlash boshlanadi. Bu haqda Prezident Emmanuyel Makron e’lon qildi.

Ushbu qaror Makron mamlakat bo‘ylab cheklovlarni yumshatish borasidagi takliflarni berganidan bir kun o‘tgach, ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlash kerak, 9 iyundan boshlab restoran va barlar faoliyatiga to‘liq ruxsat berish choralari ko‘rilmoqda.

Fransiya hukumati emlash dasturi bo‘yicha ish olib borayotgan kompaniyalarni keskin tanqid qildi. Chunki odamlarni vaksina bilan ta’minlash jarayoni sekinlik bilan amalga oshirilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, aprel oyi o‘rtalarida kamida 10 million fuqaro vaksina olgan edi. Endi ushbu ko‘rsatkich 15 iyungacha 30 millionga yetishi maqsad qilingan.

Statistika shuni ko‘rsatadiki, 18 yoshdan oshganlar aholining 30 foizini tashkil etadi. Darvoqe, 60 yoshdan oshgan fuqarolarning 60 foizi va 70 yoshdan oshganlarning 69 foizi birinchi bosqich bilan emlangan.

Bugun 18 yoshdan oshgan to‘rt million kishi diabet, gipertoniya, buyrak va yurak yetishmovchiligi hamda semirib ketish kabi kasalliklarga chalingan fuqarolar ro‘yhatdan o‘tkazilgan. Demak, ular birinchilardan bo‘lib qatnashish huquqiga ega.

Fransiyada so‘nggi 24 soat ichida 26 yarim mingdan ortiq infeksiya qayd etildi. Bu mamlakatda cheklovlar kuchaytirilgan kunga qaraganda 61 mingtaga kam.