Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada 16 yildan buyon yashirinib yurgan yollanma qotil qo‘lga olindi
10:47 / 2023-02-03

Ikki bor qotillikni amalga oshirib 16 yildan buyon qonun himoyachilaridan yashirinib yurgan italiyalik mafioz Fransiyaning Sent-Eten shahrida qo‘lga tushdi. Bu yerda u boshqa nom bilan restoran sohibiga aylangan ekan, deb xabar bermoqda Xalqaro politsiya tashkiloti (Interpol).

Edgardo Greko Italiya janubida Kalabriyada harakat qilayotgan qudratli  ndrangeta jinoiy guruhi bilan aloqador bo‘lgan.  2006 yilda Greko aka-uka Bartolomeolarni o‘ldirganlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Shu yili Greko Italiyadan qochib ketib Fransiyada qo‘nim topgan.  

Frans Press agentligining yozishicha, 63 yoshli Greko 2021 yil iyunda Paolo Dimitrio nomini olib Sent-Etenda Caffe Rossini Ristorante yemakxonasini ochgan va hozirgacha ishlab kelayotgan bo‘lgan. 

Qudratli ndrangeta jinoiy guruhlar birlashmasi asosan Italiyaning janubiy viloyati Kalabriyada faoliyat yuritadi. Mafiya giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishdan tashqari,  reket va moliyaviy jinoyatlarni ham amalga oshirib kelmoqda. So‘nggi paytlarda mazkur jinoiy birlashma energetik ichimliklar kontrabandasi hamda noqonuniy migrantlarni Yevropaga olib o‘tish yo‘nalishini ham faol o‘zlashtirmoqda, deyiladi xabarda.