Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Germaniya bilan yadroviy qurolni cheklash bo‘yicha hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.
U mazkur muloqot qit’adagi mudofaa va xavfsizlikka nisbatan “yaxlit yondashuv”ning bir qismi sifatida muhimligini ta’kidladi.
– Bu tashabbus Yevropaning geografik xususiyati va xavfsizlik masalasidagi mustaqilligiga nisbatan ehtiyojni hisobga oladi, – dedi u. – Avvalo, bu mavzudagi muloqotning o‘zi dolzarb. Yanada muhimi shuki, bizda yadroviy qurol cheklanishini mudofaa va xavfsizlikka yaxlit yondashuv bilan uyg‘unlashtirishimkoni bor.
Fransiya rahbari ko‘hna qit’a o‘z xavfsizligi tizimini qayta ko‘rib chiqishi kerakligi, chunki hozirgi tizim vaqt sinovidan o‘tolmasligini ham ta’kidladi.
– Biz Rossiya bilan bir joyda yashaymiz, yevropaliklar ham shunday va men bu muzokarani boshqa birov tashkil qilishini istamayman, – dedi Makron Qo‘shma Shtatlarning Moskva bilan bevosita muzokarasi haqida gapirarkan.
U cheklash ilgari sof milliy imtiyoz bo‘lganini ta’kidlab, shunday qo‘shimcha qildi:
– Milliy doktrinamizni qanday shakllantirish mumkinligini anglash uchun Kansler Fridrix Mers va boshqa Yevropa rahbarlari bilan strategik muloqot boshladik.
S.Rahimov, O‘zA