Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya va Qatar Afg‘onistonga insonparvarlik yordam yukini yubordi
11:19 / 2021-12-04

Fransiya va Qatar Afg‘onistonga umumiy hisobda 40 tonna gumanitar ko‘makni yetkazib berdi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Fransuz va Qatar tashqi ishlar mahkamalarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, Afg‘onistonga yuborilgan yuk tibbiy vositalar, oziq-ovqat va qishki kiyim-boshdan iborat bo‘lgan.

Ko‘mak Qatar harbiy-transport samolyotida yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, 1 dekabrda Rossiya mudofaa vazirligining Il-76 samolyoti Afg‘onistonga 36 tonna gumanitar ko‘makni yetkazgani ma’lum qilingandi.