Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda(mi)?
15:20 / 2026-02-10

Fransiya kutilmaganda yirik harbiy mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri.

Ta’kidlanishicha, “Orion 26” nomli uch oylik amaliyot doirasida 12 500 nafar askar, 25 ta kema, 140 ta samolyot va mingdan ortiq dron safarbar etilgan. Parij bilan birga 24 davlat ishtiroki jarayonga yanada jiddiy tus bermoqda.

Mamlakat mudofaa vazirligi “Orion 26”ni Yevropada yuqori intensivlikdagi urush ehtimoliga tayyorgarlik sifatida baholamoqda. Mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida Bretan sohillarida desant tushirish amaliyoti o‘tkaziladi: unga 700 askar va 100 dan ortiq texnika jalb etiladi. Aprel oyidan boshlab esa mashqlar NATO qo‘mondonligi ostida davom etadi. 

“Orion 26” doirasida quruqlik, havo, dengiz, kiber va kosmik urush elementlari ham mashq qilinadi. Harbiylar real o‘q-dorilar bilan qarshi hujumlar, daryolardan o‘tish va murakkab logistika zanjirlarini sinab ko‘radi.

Ekspertlar fikricha, “Orion 26” Fransiyaning nafaqat o‘z armiyasini, balki xalqaro koalitsiyani boshqarish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazmoqda. Rasmiylar Yevropada urush endi nazariy xavf emas, balki real ssenariyga aylanib borayotganini ochiq aytmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA