Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya ukrainalik harbiylarni o‘qitish dasturini kengaytiradi
16:15 / 2023-12-20

Fransiya kelasi yil Ukraina harbiy xizmatchilarini tayyorlash dasturini kengaytirmoqchi, deb xabar tarqatdi mamlakat mudofaa vazirligi.

– 2023 yil jami 8 ming ukrainalik askarni tayyorladik, – deyiladi vazirlik saytida berilgan bayonotda. – Bu jarayon 2024 yilda ham davom etadi va harbiy-dengiz, havo kuchlariga ham joriy qilinadi.

Ta’kidlanishicha, YeI missiyasi doirasida har oy 200 nafar ukrainalik harbiy Fransiyada o‘qitilyapti. Shuningdek, vazirlik Ukraina uchuvchilarini qiruvchi samolyotni boshqarishga o‘qitish ham boshlanishini ma’lum qildi.