Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi
16:02 / 2020-11-27

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi.

Avvalroq, Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Biroq, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rezolyutsiyaning qabul qilinishini provokatsiya sifatida qabul qildi va uning qonuniy kuchga ega emasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolar  27 sentyabrda qayta boshlanga edi. Rossiyaning vositachiligi bilan tomonlar 10 noyabr kuni sulh bitimini imzolashdi.  

Kelishuvga ko‘ra, Baku Tog‘li Qorabog‘ning bosib olingan bir necha hududlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.